» » O‘zbekistonda endi budjet mablag‘lari mahalliy kengashlar tomonidan nazorat qilinadi

O‘zbekistonda endi budjet mablag‘lari mahalliy kengashlar tomonidan nazorat qilinadi


O‘zbekiston Prezidenti “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Farmonga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi:

daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining (shaharlarining) mahalliy budjetlari parametrlari;

mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar;

qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan holda;

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi budjetlar va davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi.

Bundan tashqari, kengashlar har chorakda:

hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha;

hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha;

moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) budjetlari ijrosi to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;

davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlarini tinglaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda tegishli organlar rahbarlarining hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida chop etish va ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish, shu jumladan, mazkur tadbirlarni mahalliy televideniye orqali yoritishni ta’minlaydi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют