» » Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid (fotogalereya)

Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid (fotogalereya)


O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portalida dunyodagi eng qadimiy masjidlar sanab o‘tildi.

Masjidul Harom Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan hamda musulmonlar ibodat qilishlari uchun barpo etilgan ilk masjiddir. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: Yer yuzida qurilgan ilk masjid qaysi?” deb so‘radim. Masjidul Harom”, deya javob berdilar. “Keyin qaysi biri?” dedim. “Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Mazkur masjidda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani bois shunday nom bilan atalgan. Masjidning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi.

 “Masjidul Aqso”. “Uzoqdagi masjid” ma’nosini anglatuvchi mazkur jome Quddusi sharifda, Sulaymon alayhissalom tomonlaridan qurilgan. Islomdan ilgari arablar, keyin musulmonlar unga qibla sifatida yuzlanib ibodat qilishgan. Hijratning ikkinchi yilida Qur’oni karim hukmi bilan musulmonlar qibla sifatida Makkadagi Ka’baga qarab namoz o‘qiy boshlashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Faqat ushbu uch masjid sari qasd qilib yo‘lga chiqiladi: Masjidul Harom, mening masjidim va Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Qubo” masjidiIslom tarixida ilk qurilgan masjid.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidi qiblasi poydevoriga asos solganlar. Masjid qurilib bitkazilgach, jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar. Qubo masjidi Madinai munavvaraning janubiy-g‘arbiy qismida, harami nabaviydan 3–5 km uzoqlikda joylashgan.

Qubo masjidi hijriy 435-yilida Abu Ya’lo Husayniy, hijriy 555-yilida Jamoliddin Isfahoniy tomonidan yangiladi. hijriy 877-yilida Qubo masjidi minorasi qulab tushdi, hijriy 881-yilida Sulton Qaytboy Masjidi Nabaviyni ta’mirlagan paytida, Qubo masjidi minorasini ham yangiladi. Ma’lum qilinishicha, Usmoniylar hukmdori Sulton Mahmudxon hijriy 1240-yilida Qubo masjidini qaytadan ta’mirladi. Shuningdek, jomeda Usmoniylar hukmronligi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Kimki uyida tahorat olib, Qubo masjidiga borsa va unda ikki rakat namoz o‘qisa, umra qilganning ajrini oladi, deganlar.

Masjidun Nabaviy”. Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan.  Masjid o‘rnini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n dinorga sotib olganlar va masjid qurilishida sahobalarga bosh bo‘lib, shaxsan o‘zlari ishtirok etganlar. Masjid binosi xom g‘ishtdan, shifti xurmo shoxi, ustunlari esa xurmo yog‘ochidan bino qilingan. Yomg‘ir yog‘sa shiftdan suv o‘tib, sajda qilgan odamning peshonasi loy bo‘lar edi. Jome keyinchalik hazrat Umar va Usmon roziyallohu anhum hamda keyingi xalifa, podshohlar tomonidan bir necha bor ta’mirlanib, kengaytirilgan.

Masjidning bir yuz besh metrli ikkita, yetmish besh metrli to‘rtta minorasi, 400 dan ortiq ustuni, 6800 ta qandili, ziyoratchilarni quyoshning jazirama nurlaridan to‘sib turuvchi ochilib-yopiladigan katta soyabonlari majmuaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kunduzi quyosh nuridan majmua qum rangida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlari joylashgan hujra gumbazi esa yashil rangda tovlanadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Ushbu masjiddagi namoz undan boshqalardagi mingta namozdan afzaldir. Masjidul Harom bundan mustasno”, dedilar.

Qiblatayn” masjidiHijratning ikkinchi yili, rajab oyining o‘rtalari, dushanba kuni edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Bani Salama yurtida peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o‘qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o‘zgargani haqida vahiy keldi. Ikkinchi rakat oxirlab qolgan edi. Musulmonlarga Makkadan Masjidi Haramga tomon qarash amri tushdi. Rasuli akram o‘sha zahotiyoq yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. Jamoat ham saf bo‘lib birga burildi.

Yangi qibla tomon burilib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni Masjidi Haramga qarab o‘qib, namozni tugatdilar. Shu sababdan Bani Salama masjidi ikki qiblali masjid ma’nosida “Masjidul Qiblatayn” degan nom oldi.

Chiraman jumajome masjidi (Hindiston). Hijriy 629-yil Molik ibn Dinor roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Molik ibn Dinor roziyallohu anhu Hindistonga kelgan ilk musulmonlardan hisoblanadi.

Xuayshenjome masjidi (Xitoy). Hijriy 630-yil Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tomonlaridan bunyod etilgan. 1695-yil qayta qurilgan.

Kufajome masjidi (Iroq). VII asrda qurilgan. 2010-yil qayta ta’mirlangan.

Uqbajome masjidi (Tunis). Shuningdek, “Qayruan” jome masjidi nomi bilan ham mashhur. Taxminan hijriy 670-yili Uqba ibn Nafiy roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Masjidning minorasi bugungi kungacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy  minoralardan hisoblanadi.

Aleppojome masjidi (Suriya). Umaviylar hukmronligi davrida VIII asrda bunyod etilgan. 2003-yil masjid hovlisi va minorasi ta’mirlangan.

Umaviylarjome masjidi (Suriya). Hijriy 715-yil qurilgan.

Zaytunajome masjidi (Tunis). Hijriy 731-yil barpo etilgan. Mazkur jome huzurida eng qadimiy Islom universitetlaridan biri ham joylashgan. Oliygohda dunyoning turli burchaklaridan talabalar kelib tahsil olishgan.

Sinajome masjidi (Xitoy). Hijriy 742-yil qurilgan. Masjid Xitoy me’morchiligi asosida qad ko‘targan. Bir necha marta qayta ta’mirlangan.

Jumajome masjidi (Ozarbayjon). Hijriy 743-yilda Abu Muslim rahmatullohi alayh tomonidan bunyod etilgan.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 09:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют