» » Amerikalik erkak sharsharadan sakrab halok bo‘lgan do‘stining xotirasi uchun o‘sha joydan sakradi (video)

Amerikalik erkak sharsharadan sakrab halok bo‘lgan do‘stining xotirasi uchun o‘sha joydan sakradi (video)


Amerikalik yigit Katta Kanyondagi sharsharadan sakradi, buni u shu joyda bir yil avval halok bo‘lgan do‘stining xotirasiga hurmat keltirish uchun amalga oshirdi, deb yozadi Daily Mail.

Yigit Katta Kanyondagi Xavasu sharsharasiga chiqib oldi, buning uchun u o‘nqir-cho‘nqir joylar bo‘ylab 16 km yo‘lni bosib o‘tdi. U o‘zi bilan birga kelgan do‘stlariga qo‘l silkitdi, marhum do‘stining ismini hayqirib takrorladi, shundan so‘ng 30 metr balandlikdan sakradi.

Sakrash chog‘ida yigit havoda ikki marta o‘mbaloq oshdi, shundan so‘ng suvga sho‘ng‘idi. Sho‘ng‘ib chiqib, xursandchilik bilan baqirdi, uning tryukini kuzatib turgan do‘stlari uni qichqiriqlar va qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют