» » Buxorodagi Xo‘jasayat uchastkasidan tabiiy gaz qazib chiqarish boshlandi

Buxorodagi Xo‘jasayat uchastkasidan tabiiy gaz qazib chiqarish boshlandi


2017-yil 4-dekabrda Buxoro viloyatining Olot tumanida New Silk Road Oil & Gas MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Dengizko‘l gaz kondensati konining (GKK) Xo‘jasayat uchastkasini, Xo‘jadavlat GKKni va Sharqiy Olot GKKni obodonlashtirish” loyihasi doirasida Xo‘jasayat uchastkasidan tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari boshlanishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar bermoqda. Bundan avval esa mamlakatning tabiiy gazga boy mintaqalarida “zangori yoqilg‘i” qazib chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoy milliy neft kompaniyasi (CNPC) o‘rtasida 2006-yil iyun oyida tuzilgan Bitimni amalga oshirish natijalari bo‘yicha Qorako‘l investitsion blokida yangi Xo‘jasayat, Xo‘jadavlat va Sharqiy Olot gaz kondensati konlari ochildi.

Ularni obodonlashtirish va sanoat usulida foydalanishga tushirish maqsadida tomonlar o‘rtasida New Silk Road Oil & Gas MChJ shaklida qo‘shma korxona yaratilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-oktabrdagi Qaroriga muvofiq loyihaning Texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA) tasdiqlandi va barcha kerakli imtiyozlar taqdim etildi.

Joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning CNPC kompaniyasi boshqaruv raisi janob Val Ilin bilan uchrashuvi ushbu loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun kuchli turtki berdi.

Xususan, CNPC kafolati ostida Xitoy Banki bilan qisqa muddatlarda kredit Bitimi imzolandi. Joriy yil 30-may kuni tamal toshini qo‘yish marosimi o‘tkazildi va loyihani ro‘yobga chiqarish ishlari faol bosqichga o‘tdi.

Olti oy davomida 47 km magistral gaz quvuri, 15,7 km shleyf gaz quvuri o‘tkazildi, Xo‘jasayat uchastkasini obodonlashtirish, 72 kishiga mo‘ljallangan vaxta shaharchasini barpo etish ishlari yakunlandi, 2 ta yangi quduq burg‘ilandi, avval burg‘ilangan uchta quduq kapital ta’mirlandi, real vaqt tartibida tabiiy gaz qazib chiqarishni nazorat qilish uchun zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqarish pulti qurildi.

Yaqin istiqbolda esa qo‘shma korxona Xo‘jadavlat va Sharqiy Olot konlarini obodonlashtirish, 8 ta yangi quduqlarni burg‘ilash va avval burg‘ilangan uchta quduqni ta’mirlash hamda 43 km gaz quvurini o‘tkazish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida eksportga jo‘natish uchun har yili 1,0 mlrd. kub. metrgacha tabiiy gaz qazib chiqarish va ichki bozorda sotish uchun qariyb 6,5 ming tonna gaz kondensatini ishlab chiqarish ta’minlanadi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют