» » ATLAS Chilonzor: ajoyib xaridlar va hordiq chiqarish uchun 12 000 kvadrat metr!

ATLAS Chilonzor: ajoyib xaridlar va hordiq chiqarish uchun 12 000 kvadrat metr!


16-dekabr kuni Toshkentda ATLAS savdo-ko‘ngilochar markazlari tarmog‘ining eng yirik majmuasi Chilonzor tumanida ochiladi.

Katta shaharda yashovchi insonda har kunlik yugur-yugurlar tufayli do‘konlarga borish uchun vaqt ham ba’zida topilmaydi. Avval oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun butun shaharni aylanib chiqish talab etilardi. Bunga ko‘p vaqt va kuch ketgan, ayniqsa, bayramlardan oldin – oilangiz va do‘stlaringiz uchun ko‘plab sovg‘alarni xarid qilishingiz kerak bo‘lgan pallada. ATLAS savdo-ko‘ngilochar markazlari tarmog‘i jamoasi o‘z oldiga inson hayotini yengillashtirish maqsadini qo‘ydi hamda barcha xizmatlarni bir joyda jamladi.

ATLAS tarmog‘i flagmani — ATLAS Chilonzor savdo-ko‘ngilochar markazi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan. ATLAS tarmog‘i asoschilari xaridor hamma kerakli narsani bir joyda sotib olishi uchun barcha sharoitni yaratishgan: oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib kiyim-kechakka qadar. Tashrif buyuruvchilarga 4 qavatli qulay shopping va hordiq chiqarish imkoni taklif etiladi. Siz birinchi qavatga tashrif buyurib, MEDIAPARK bozoriga kirasiz, bu yerda kerakli texnikani xarid qilishingiz mumkin.

2- va 3-qavatda kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar bo‘yicha mahalliy hamda jahon brendlaridan mashhur do‘konlar taqdim etilgan. Ular orasida JUST!, Ricco Cizzano, Terra Pro, Climber, Still young, AVVA, X sport va boshqalar bor. Qulay sharoitlar, keng tanlov va ajoyib xodimlar xaridlarni unutilmas jarayonga aylantirishda yordam beradi. Bu yerda har bir inson barcha turdagi kiyim-kechakni topishi mumkin.

Do‘konlarga tashrif buyurish paytida ochqab qolganlar uchun esa hayratlanarli fudkort hududi bor, uning maydoni 1600 kvadrat metrga teng, o‘rindiqlar soni 200 ta. Savdo-ko‘ngilochar markazida mamlakatning eng yetakchi kafe va restoranlari taqdim etilgan — Multi MaF?, Bon!, China shashlik, Milliy Taomlar, Post Club, La Marmite, Amigos hamda boshqalar.

Kichik mehmonlar uchun maydoni 1225 kvadrat metrlik noyob bolalar maydonchasi tayyorlab qo‘yilgan. Xushmuomala va mehribon xodimlar ota-onalar xaridlarni amalga oshirayotgan paytda, bolalarga qarab turishga har doim tayyor.

Bino fasadida hayratlantiruvchi ekran o‘rnatilgan, u poytaxtdagi eng katta nurdiodli ekranlardan biri sanaladi. U yerda nafaqat reklama roliklari, balki filmlar ham ko‘rsatiladi.

ATLAS Chilonzor savdo-ko‘ngilochar markazining ochilish marosimi 2017-yilning 16-dekabr kuni 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Barcha tashrif buyuruvchilarni yoddan chiqmaydigan yorqin shou, aksiyalar va yetakchi do‘konlardan maxsus takliflar kutmoqda.

Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, S mavze, Qatortol ko‘chasi, 28.

Mo‘ljal: “Oqshom” restorani.

Yagona aloqa raqami: +998(95) 146-68-88.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (14-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют