» » Qirg‘iziston prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va O‘zbekiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Qirg‘iziston prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va O‘zbekiston bosh vaziri bilan uchrashdi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov 14-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bu sohadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

So‘ranbay Jeenbekov 2017-yil ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida tub burilish davri bo‘lgani, aloqalarning bugungi darajasini saqlab qolish va izchil davom ettirish muhimligini qayd etdi.

Tobora rivojlanib borayotgan hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida o‘zaro tashriflar o‘tkazish, qonunchilikdagi yangiliklardan bir-birini xabardor qilib borish yuzasidan fikr almashildi.

21-dekabrda Qirg‘iziston Jogorku Keneshi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют