» » Rayhon jonli ijroni “tushunadiganlarga” murojaat yo‘lladi

Rayhon jonli ijroni “tushunadiganlarga” murojaat yo‘lladi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Facebook’dagi sahifasi orqali fevral oyida bo‘lib o‘tadigan konsertidagi qo‘shiqlar fonogrammada ijro etilishiga tanqidiy munosabat bildirgan muxlislariga murojaat yozib qoldirdi.

Hurmatli jonli ijroni ‘tushunadiganlar’, jonli ijro yoki fonogramma haqida izoh qoldirishdan avval san’at haqida ozgina tushunchaga ega bo‘lishingizni tavsiya etgan bo‘lardim. Izohlarda anonim ismlar orqali konsertda ishlaydigan yuzlab insonlarning mehnati haqida negativ fikrlar yozib o‘tirgandan ko‘ra, o‘z hayotingiz bilan, yaqinlaringizni va o‘zingizni sevish bilan, ularni hurmat qilish bilan, ularni va o‘zingizni baxtli qilish bilan band bo‘ling. Konsert davomida ijro etayotgan qo‘shig‘ingizda bittagina elektron ovoz bo‘lsa ham ‘Fonogramma orqali ijro etiladi’ deb yoziladi va buni san’atning asl shaydolari yaxshi biladi. Xullas, izohlarda har xil negativ fikrlar yozayotgan insonlarga baxtli bo‘lishini chin dildan tilab qolgan bo‘lardim. Chunki baxtli inson o‘z hayoti bilan, yaqinlari bilan band bo‘ladi. Konsertimda esa san’atning asl muxlislarini kutib qolaman va konsertda mehnat qilayotgan butun jamoa bilan birgalikda esda qolarli shou guvohi bo‘lishingizga va’da beraman.

Rayhon G‘aniyeva, xonanda

Ma’lumot uchun, Rayhon G‘aniyevaning navbatdagi konsert dasturi 19—23-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют