» » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekovni Toshkent aeroportida kuzatib qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekovni Toshkent aeroportida kuzatib qo‘ydi


Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan prezident So‘ranbay Jeenbekov 14-dekabr, payshanba kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti So‘ranbay Jeenbekovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘ydi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют