» » “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xorijiy banklarni tashqi moliyalashtirishga kirishmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xorijiy banklarni tashqi moliyalashtirishga kirishmoqda


Avval ma’lum qilinganiday, 13—14-dekabr kunlari Qirg‘iziston prezidenti So‘ranboy Jeenbekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston Hukumati tomonidan Respublikaning yetakchi banklariga O‘zbekiston Respublikasidan Qirg‘iziston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun Qirg‘izistonning moliya-kredit tashkilotlariga 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolash taklif qilingan.

Mazkur hujjat doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qirg‘iziston kredit tashkilotlariga kredit liniyalari ajratish orqali O‘zbekistondan qo‘shni davlatga texnologiyalar va tovarlar olib kelishni moliyalashtirish imkonini beradigan uch yetakchi bankdan biri sifatida belgilangan.

Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy islohotlarida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (14-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют