» » OTB Talimarjon IES modernizatsiyasi uchun 450 mln dollar ajratadi

OTB Talimarjon IES modernizatsiyasi uchun 450 mln dollar ajratadi


Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi Talimarjon issiqlik elektrostansiyasida quvvati 850–950 MVt bo‘lgan qo‘shimcha energiya ishlab chiqaruvchi uskunani o‘rnatishga 450 million dollar ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda, OTB matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

“O‘zbekiston energetika sektori va uning energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish mamlakat iqtisodiyoti va taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamentining energetika bo‘yicha mutaxassisi Syong Dak Kim. — OTBning ko‘magi O‘zbekistonga mamlakatda o‘sib borayotgan energetik talabni qondirish va energetika sektori barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi”.

Hozirgi kunda respublika YaIMda energetika sektorining ulushi 10 foiz yoki mamlakat umumiy eksport hajmining 25 foizga yaqinini tashkil etadi. Biroq elektr energiyasiga bo‘lgan talab mavjud quvvatlarga nisbatan o‘sib bormoqda. OTB ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilga borib u 14600 GVt/soatga yetadi.

Talimarjon IESga yangi uskunalarning o‘rnatilishi uning umumiy quvvatini 2600 MVt ga oshirish va issiqlik samaradorligini 48 foizdan 52 foizga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют