» » Mikki Maus superqahramonlarga egalik qiladi: Disney kompaniyasi Fox’ni sotib oldi

Mikki Maus superqahramonlarga egalik qiladi: Disney kompaniyasi Fox’ni sotib oldi


Animatsion filmlari va oilaviy kinomahsuloti bilan mashhur Walt Disney kinokompaniyasi Fox mediaxoldingini 52,5 milliard dollarga sotib olishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Shartnomaga ko‘ra, 20th Century Fox kinostudiyasi bilan birga Disney National Geographic, Sky va FX teletarmoqlariga, shuningdek, Marvel personajlari va boshqa kinofranshizalar uchun mualliflik huquqiga ega bo‘ladi. Bular orasida “Iks odamlar”, “Dedpul”, “Fantastik to‘rtlik”, “Yirtqich”, “Begona”, “Maymunlar sayyorasi”, “Avatar” va boshqalar bor.

Shartnomaga Fox’ning telebiznesi hamda uning sport va yangilik kanallari kirmadi — ular News Corporation nazorati ostida qoladi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют