» » O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun jarimalar joriy etildi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun jarimalar joriy etildi


O‘zbekiston Prezidentining 13-dekabrdagi PF-5283-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan soliq va moliya organlari rahbarlarini rag‘batlantirish va intizomiy jazo qo‘llash tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Ilgari Prezidentning 10-sentabrdagi PF-5147-son “O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ishdagi aniq ko‘rsatkichlar uchun ularga lavozim maoshiga nisbatan 10 foizdan 20 foizgacha miqdorda ustama va jarimalar belgilangan edi. Qabul qilingan hujjat bu tartibni bekor qildi.

Endilikda ish haqiga ustamalar o‘rniga mukofotlash joriy etilmoqda. Ya’ni rag‘batlantirish har oyda qo‘shimcha haq shaklida emas, balki bir martalik to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, rag‘batlantirish choralari va intizomiy jazo qo‘llash mezonlari va miqdorlari o‘zgardi. Bunda belgilanishicha, mukofotlash lavozim maoshining 50 foizidan, jarimalar esa — 30 foizidan oshmaydi.

Mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun — 10 foiz, budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani va mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilgani uchun — 20 foizdan mukofot puli, bu holatlar ijro etilmagani uchun 10 foizdan jarima joriy etildi.

Mukofotlash va jarimalar moliya vaziri va DSQ raisi tomonidan qo‘llaniladi. Endilikda soliq va moliya organlari rahbarlari har oyda tegishli darajadagi xalq deputatlari kengashlarida hisobot berishi shartligi bois, rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.

Hujjat 13-dekabrdan kuchga kirdi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют