» » 2018-yilda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab harbiy marshlar va harbiy texnika namoyishi o‘tkaziladi

2018-yilda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab harbiy marshlar va harbiy texnika namoyishi o‘tkaziladi


O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni 2018-yilda yangicha formatda nishonlanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi 14-dekabrda tashkil etgan matbuot anjumanida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston Prezidentining 7-dekabrdagi farmoyishiga binoan, bayram arafasida 5?10-yanvar kunlari Toshkentda va viloyat markazlarida harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkaziladi. Ularning dasturiga harbiy texnika va qurollanish namoyishi, harbiy orkestrlar konsertlari, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, “Vatanparvar” klublari harbiy-texnik va sport imkoniyatlari namoyishi kiradi. Tadbirlar keng formatli ko‘cha ekranlari orqali yoritiladi.

10?15-yanvar kunlari “Harbiy orkestrlar musiqasi” harbiy-vatanparvarlik aksiyalari o‘tkaziladi. Uning doirasida harbiy xizmatchilar Toshkent va viloyat markazlari ko‘chalarida harbiy marsh bilan o‘tadi. Bundan tashqari, yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida marafonlar tashkil etiladi.

15-yanvar kuni oliygoh, litsey, kollej va maktablarda harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirokida jasorat darslari o‘tkaziladi.

Dekabr oyi hamda 2018-yil davomida harbiy qismlar, harbiy oliy o‘quv yurtlarida va boshqa shu turdagi muassasalarda yoshlar uchun ochiq eshiklar kunlari tashkil etiladi.

10-yanvarga qadar litsey, kollej va maktablarda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv sinflari qayta jihozlanadi.

Bayram tadbirlari “Milliy armiya — yoshlar uchun jasorat, matonat va qahramonlik maktabi!” shiori ostida o‘tadi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют