» » Toshkent shahrida o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagan odam qo‘lga olindi

Toshkent shahrida o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagan odam qo‘lga olindi


Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari xodimlari uyida noqonuniy qurol saqlagan fuqaroni aniqladi. Bu haqda shahar IIBB ma’lum qildi.

Aytilishicha, 13-dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Sabox ismli shaxs o‘z uyida qurol saqlab kelayotganligi haqida xabar kelib tushdi.

Shu kuni soat taxminan 18:30 larda IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida muqaddam sudlangan, 1972-yilda tug‘ilgan Nuriddinov Saboxiddin Sayfiyevichning Yashnobod tumanida joylashgan xonadoni tekshirildi.

Tekshiruv davomida u xonadonidagi temir seyf ichida IJ-16 rusumli ov qurolini hamda 1 dona patronni tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan JKning 248-moddasi 1-qismi (tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют