» » Marat Bikmayev O‘zbekistonda yil futbolchisi, Ro‘ziqul Berdiyev esa yil murabbiyi deb topildi

Marat Bikmayev O‘zbekistonda yil futbolchisi, Ro‘ziqul Berdiyev esa yil murabbiyi deb topildi


O‘zbekiston futbol federatsiyasi yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirga O‘zbekiston futbolidagi eng taniqli shaxslar taklif etildi.

Unga ko‘ra, Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev 2017-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning boshqaruvida “Nasaf” chempionatni vitse-chempion sifatida yakunlab, Osiyo Chempionlar Ligasiga yetib bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogining yarim finalida to‘p surdi.

Berdiyev yil yakuni arafasida O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham maydonga boshlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning boshqaruvida Oliy Liga yetakchilaridan tuzilgan jamoa Alberto Dzakkeroni murabbiyligidagi BAAga imkoniyatni boy bergandi — 0:1.

“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Berdiyev bunday nomga faoliyati davomida uchinchi bor sazovor bo‘lgan. U 2013 va 2016-yillarda ham O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga erishgan. Bu borada rekord Yuriy Sarkisyanga tegishli bo‘lib, uzoq yillar davomida Farg‘onaning “Neftchi” klubini boshqargan Sarkisyan besh bor O‘zbekistonda tengsiz bo‘lgan.

O‘zbekiston Oliy Ligasining shu mavsumida 26 ta gol urib, yaqqol to‘purar bo‘la olgan hamda “Lokomotiv”ning ketma-ket ikkinchi “Oltin dubl”iga katta hissa qo‘shgan Marat Bikmayev yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga erishdi. Bu borada u raqobatchilari hisoblangan “Nasaf” a’zosi Bahrom Abdurahimov hamda “Bunyodkor” vakili Otabek Shukurovni ortda qoldirdi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют