» » AQShda 16 yoshli o‘smir Garvardga o‘qishga qabul qilindi

AQShda 16 yoshli o‘smir Garvardga o‘qishga qabul qilindi


AQShning Opelusas shahridagi TM Landry College Prep kolleji o‘quvchisi Ayrton Littl Garvard universitetiga erta qabul dasturi doirasida o‘qishga qabul qilingani haqida maktub olgan. U universitetda o‘qishni 2022-yilda boshlaydi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Littlning aytshicha, xatni o‘qiganidan so‘ng uning hayoti butun umrga o‘zgargan. Ayrtonning ma’lum qilishicha, xat kelishidan bir hafta avval uning akasi Stenford universitetiga qabul qilingan.

O‘quvchi Garvardda matematika va informatikani o‘rganishni rejalashtirmoqda. Universitetni tugatgach, u notijorat tashkilot ochib, o‘z jamiyatidagi bolalarga ta’lim olishda yordam berishni ko‘zlamoqda.

Garvard universitetining erta qabul dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod maktabning yuqori sinfida o‘qishi, shuningdek, akademik qobiliyatlarini tekshirish uchun bir nechta test va imtihon topshirishi kerak. Nomzodning ijodiy qobiliyatlari, sport va san’at borasidagi iqtidori, shuningdek, ilmiy tadbirlardagi ishtiroki ham baholanadi. 2016-yilda Garvard erta ta’lim dasturi bo‘yicha hujjat topshirganlarning 5,6 foizini bo‘lajak talaba sifatida qabul qilgan.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 04:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют