» » Arktika muzlari so‘nggi 1500 yil ichidagi eng tez erish darajasiga chiqdi

Arktika muzlari so‘nggi 1500 yil ichidagi eng tez erish darajasiga chiqdi


Global iqlim isishi oqibatida Arktikadagi muzliklar so‘nggi 1500 yil ichidagiga qaraganda tezroq erimoqda. Bu haqda AQShning Okeanlar va atmosferani tadqiq qilish milliy boshqarmasi tomonidan ma’lum qilindi, deb yozmoqda “TASS”.

Tadqiqot mualliflaridan birining aytishicha, ayni paytda Arktikada insoniyat tarixidagi qiyoslab bo‘lmaydigan jarayon yuz bermoqda. Uning fikricha, bu o‘zgarishlar odamlar hayotida qanday aks etishini tushunish uchun hoziroq yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni kuchaytirish kerak.

Boshqarmaning hisobotida qayd etilishicha, 2017-yilda Arktika muzliklarning maydoni 1981—2010-yillardagiga qaraganda 25 foizga kamroq. Muz qatlamining qalinligi kamaymoqda. Arktikadagi o‘rtacha harorat 2016-yilning oktabr oyidan 2017-yilning sentabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida odatdagidan Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,6 daraja yuqori bo‘lgan. Shimoliy Muz okeanidagi suvning harorati ham ko‘tarilgan. Chukotka dengizida havo harorati 1980—2010-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichga qaraganda to‘rt daraja ko‘tarilgan.

Tadqiqotchilar Arktikada suv va havoning isishi atmosfera oqimlari harakatining o‘zgarishiga olib kelishidan va dunyoning turli nuqtalarida tabiat hodisalarining yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda. Arktika muzlarining erishi o‘simlik va hayvonot dunyosining hayotida o‘z aksini topadi. Bir nechta davlat darhol Arktikadagi neft va gaz zaxiralari uchun raqobat kurashiga kirishadi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют