» » AQSh kemaga qarshi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

AQSh kemaga qarshi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi


AQSh Harbiy-havo kuchlari va Lockheed Martin kompaniyasi uzoq masofaga uchuvchi kemaga qarshi LRASM (Long Range Anti-Ship Missile) raketasini sinab ko‘rdi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Sinov chog‘ida AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-1B bombardimonchi samolyotidan ikkita LRASM “dengizdagi bir nechta nishon”ga qarata uchirilgan.

Raketaning uchish uzoqligi 900 kilometrdan ortiqni tashkil qilgan. Bu amaldagi Harpoon raketasining uchish masofasidan uch marta uzoqroq hisoblanadi. Bitta yangi raketa dushmanning suv sig‘imi to‘qqiz ming tonna bo‘lgan kemasini yo‘q qilishga qodir. Qurol radioelektron bomba sharoitida yaxshiroq ishlaydi.

2017-yilning iyul oyida Pentagon AQShning Harbiy-havo va dengiz kuchlari samolyotlari uchun 23 ta LRASM raketasini sotib olishi haqida ma’lum qilgan. Raketalarni qabul qilish 2018-yilga rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют