» » 14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning inuguratsiyasiga bir yil bo‘ldi (video)

14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning inuguratsiyasiga bir yil bo‘ldi (video)


14-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilganiga bir yil bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. Postga video ham ilova qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirgan edi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi. Qasamyoddan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

2016-yil 9-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 4-dekabr kungi O‘zbekiston Prezidenti saylovining yakuniy natijalarini rasmiy tarzda e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritib, saylovda g‘olib chiqdi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют