» » Endi to‘qimachilik korxonalari paxta xom ashyosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklaridan sotib oladi

Endi to‘qimachilik korxonalari paxta xom ashyosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklaridan sotib oladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Hujjatga sharhda aytilishicha, ushbu farmon mavjud muammolarni hal etish, shuningdek, yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va uni jahon bozorlariga ilgari surish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar kompleksini belgilab berdi.

Paxta xom ashyosini ishlab chiqarishni tashkil qilishda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida Farmon bilan eksperiment o‘tkazish nazarda tutilgan bo‘lib, uning doirasida birinchi bor mahalliy to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan paxta xom ashyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma berish tizimini joriy etish rejalashtirildi.

Bugungi kunga qadar mahalliy to‘qimachilik korxonalari paxta tolasini eksport narxlar bo‘yicha monopol yetkazib beruvchi – “O‘zpaxtasanoateksport” XKdan xarid qilishga majbur edi. Mazkur tartib to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning rentabelligi va raqobatbardoshligini pasaytirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashabbus qilingan eksperimentga muvofiq, to‘qimachilik sanoati korxonalari fermer xo‘jaliklari paxta xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha asosiy xarajatlarining tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi. Bunda korxonalarga yetkazib berilgan paxta xom ashyosidan faqatgina keyinchalik chuqur qayta ishlash va tayyor raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladi.

Bundan tashqari, Davlat rahbari o‘zining Farmonida to‘qimachilik sanoati korxonalari, “O‘zbekyengilsanoat” AJ aksiyadorlari yig‘ilishining va qator idoralarning “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bunda davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalarini o‘z ichiga olgan “O‘zbekyengilsanoat” AJ tugatiladi.

Mazkur uyushmaga respublika to‘qimachilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish bo‘yicha keng doiradagi vazifalar yuklatildi.

Sohani boshqarish tizimi to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga javob bermasligi, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qodir emasligi mazkur qarorning qabul qilinishini taqozo etdi. Masalan, “O‘zbekyengilsanoat” AJ tarkibiga 436 ta korxona kiradi, bu esa ular umumiy sonining atigi 6 foizini tashkil etadi. Ushbu jamiyatning faoliyati asosan statistikani to‘plash, turli xil yig‘ilishlar o‘tkazish, ko‘rgazmalarni tashkillashtirishga qaratilgan. Uning tashkiliy shakli ham aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holatiga mos kelmaydi.

Shu bilan bir qatorda, Farmon bilan to‘qimachilik sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyozlar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют