» » Yangi yil arafasida samarqandlik haydovchilar Qorbobo kiyimida yo‘lovchi tashiydi

Yangi yil arafasida samarqandlik haydovchilar Qorbobo kiyimida yo‘lovchi tashiydi


Samarqand shahridagi yo‘lovchi tashish transportlari haydovchilaridan 200 nafari “Yangi yil bayrami qahramonlari” qiyofasida kiyintiriladi, transport vositalari esa bayram ruhiga mos suratlar bilan bezatiladi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasining Feysbukdagi sahifasida xabar berildi, deb yozadi UZ24.

Xabarga ko‘ra, Samarqandda viloyat hokimligi ishlab chiqqan chora-tadbirlar rejasi asosida Yangi yil bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi. Shahar ko‘chalari bayramga mos ravishda bezatilmoqda, ko‘chalar obodonlashtirilmoqda.

Shuningdek, bayram arafasida keng jamoatchilikni jalb qilgan holda “Eng chiroyli bezatilgan archa”, “Eng chiroyli bino” va “Eng namunali ko‘cha” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Bu yil bayram tadbirlari Samarqand shahrining 6 ta joyida tashkil qilinadi:

Bayram tomoshalari 2017-yilning 20-dekabridan 2018-yilning 10-yanvarigacha tashkil qilinadi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют