» » Chevrolet Corvette trekka mo‘ljallangan avtopilot bilan jihozlanadi

Chevrolet Corvette trekka mo‘ljallangan avtopilot bilan jihozlanadi


General Motors konserni kelajakda Chevrolet Corvette superkarini avtonom boshqariladigan tizimlar, jumladan, poyga treklarida haydashni o‘rgatadigan maxsus funksiya bilan jihozlash niyatida. Bu haqda Corvette loyihasining bosh muhandisi Taj Jatcher GM Authority nashriga ma’lum qildi, deb xabar berdi “Motor”.

Jatcherning so‘zlariga ko‘ra, sportkar hatto moslashuvchan kruiz-nazoratga ham ega emas, chunki buning uchun undagi havo oqimi yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqish va mashinaning umumiy muvozanatini “qurbon” qilishga to‘g‘ri kelardi. Biroq uning aytishicha, haydovchisiz boshqariladigan mashinalardagi yangilikdalardan virtual yordamchini yaratishda foydalanish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, bu kabi tizim haydovchiga poyga trekida yordam beradi: to‘g‘ri trayektoriyani ko‘rsatadi, yo‘ldan chiqib ketishda yoki namoyish ishlarida, haydovchisiz rejimda ko‘maklashadi. Bu kabi texnologiya ushbu markaning mashinalarida qachon paydo bo‘lishi hali ma’lum emas.

Shu turdagi avtopilot trek rejimi ustida Porsche kompaniyasi ham ish olib bormoqda.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют