» » Farg‘onada kam ta’minlangan oilalarga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Farg‘onada kam ta’minlangan oilalarga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi


11-dekabr kuni mavlid oyi munosabati bilan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani imom-xatiblari tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Tuman bosh imom-xatibi R.Jalilov, “Mo‘yi Muborak” masjidi imom-xatibi L.Suyarqulov hamda “G‘ishtmon” masjidi imom-xatibi I.Haydarovlar yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.

Xuddi shunday tadbirlar Quva, Oltiariq, Furqat tumanlarida ham tashkillashtirilib, unda imom-xatiblar homiylarni jalb qilgan holda qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda maishiy ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan ashyolarning ehtiyojmand xonadonlarga yetkazib bermoqda.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют