» » Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi


Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Chimboy tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017—2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar qurish, ularni zamonaviy inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning 30-sentabrdagi maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoni bilan esa Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.

Mazkur bog‘cha 140 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 1992-yilda tashkil etilgan. 37 nafar pedagog va tarbiyachi ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, tarbiyalanuvchilarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

“Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotganimiz bejiz emas. Yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasak ertaga kech bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarini Qoraqalpog‘istonning iqlim sharoitidan kelib chiqib qurish kerak. Har bir xonani isitiladigan pol bilan ta’minlash zarur. Bundan tashqari bu soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish kerak. Buning uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida maxsus kurslar tashkil qilish lozim. Tarbiyachilar saviyasi bolalar kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti bolalarning ovqatlanish ratsioni bilan qiziqdi.

Shuningdek, yangi qurilayotgan bog‘chalar loyihasini tayyorlashda Janubiy Koreya tajribasini tatbiq qilish lozimligi qayd etildi.

“Bunday inshootlarni eskicha ruhdagi loyihalar asosida qurish o‘zini oqlamayapti. Bolalarning yotoqxonalari va darsxonalarini keng va yorug‘ qilib bunyod qilishimiz, ma’muriy xonalarni ixchamlashtirishimiz kerak”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

O‘zbekiston Prezidenti pedagogika kollejini tugatgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslariga jalb qilib, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют