WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi
Yevroittifoqqa a’zo davlatlar yetakchilari 14-dekabr, payshanba kungi yig‘ilishda Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Yevrokengash raisi Donald Tusk ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Sanksiyalar o‘zgarishlarsiz 6 oyga uzaytirilishi bildirilmoqda.
“Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar uzaytirilishini yakdillik bilan yoqlamoqda, — deya yozdi Tusk Twitter’dagi sahifasida.
Endi mazkur sanksiyalarni Yevroittifoq kengashi ma’qullashi kerak. Bu yuzasidan qaror kelgusi haftada qabul qilinishi kutilmoqda.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?