» » “Daryo”ning iOS dasturi yangilandi. Navbatda — Android

“Daryo”ning iOS dasturi yangilandi. Navbatda — Android


“Daryo” internet-nashrining iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar — iPhone smartfonlari, iPad planshetlari va iPod pleyerlari uchun mo‘ljallangan mobil dasturi yangilandi. Dasturning yangilangan versiyasini bu yerdan ko‘chirib olish mumkin.

Yangi versiyasidagi muhim o‘zgarishlardan biri — yangiliklar lentasining uch (turkum)ga bo‘linganidir: eng birinchi “Asosiy yangiliklar” lentasida O‘zbekiston va jahonda yuz berayotgan eng muhim, saralangan yangiliklar bilan tanishish mumkin; “Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar” turkumining mazmuni nomidan ma’lum; “Daryo”da e’lon qilinayotgan barcha yangiliklar bilan esa “So‘nggi yangiliklar” lentasida tanishish mumkin.

Ayni vaqtda, foydalanuvchida xabarlar lentasini o‘ziga moslashtirishi ham mumkin: Sozlashlar sahifasida tegishli o‘zgartirishlarni kiritib, faqat u yoki bu rukn/ruknlarga oid xabarlarning lentada chiqishini belgilab qo‘yishi, o‘zi uchun qiziq bo‘lmagan ruknlarning xabarlarini lentaga chiqmaydigan qilib qo‘yishi mumkin.

Yangi qo‘shilgan qulayliklardan, shuningdek, xabarlarni “Tanlangan xabarlar ro‘yxati”ga qo‘shib qo‘yish, xabarlar shriftini maqbul darajada kattalashtirish yoki kichiklashtirish, arxivdagi xabarlarni “Qidiruv” funksiyasi orqali izlash imkoniyatlarini qayd etib o‘tish mumkin.

“Daryo”ning Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil dasturida ham xuddi shunday o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz bergan. Mobil dasturning bu versiyasi hozirgi vaqtda so‘nggi ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu sinov-test jarayonida “Daryo” mushtariylari ham qatnashishi mumkin. Buning uchun ushbu havola orqali o‘tib, “Daryo”ning Android operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturi beta-versiyasini ko‘chirib olish kerak.

Beta-versiyada aniqlangan nosozlik, noaniqlik va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni, shuningdek, iOS-qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiya bo‘yicha fikrlarni support@simple.uz elektron pochta manziliga yo‘llashingiz mumkin.

“Daryo” bilan yangiliklar oqimida bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-12-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют