» » “Transneft” dekabr oyida O‘zbekistonga 50 ming tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda

“Transneft” dekabr oyida O‘zbekistonga 50 ming tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda


“Transneft” 2017-yilning dekabrida O‘zbekistonga 50 ming tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalistlarga neft transporti kompaniyasining rasmiy vakili Igor Demin ma’lum qildi, deb xabar berdi RNS.

“Dekabr oyi rejasi 50 ming tonnani tashkil etadi”, — deya ta’kidladi Demin. Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyida 30 ming tonna neft yetkazib berilgan.

Deminning aniqlik kiritishicha, gap sinov tariqasida yetkazib berish haqida ketmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprelida Moskvaga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekistonga 500 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolangandi.

“Transneft” vitse-prezidenti Sergey Andronovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonga 500 ming tonna neftni yetkazib berishda “Rosneft”, “Gazprom neft”, “Lukoyl” va “Russneft” ishtirok etishi mumkin.

20-noyabrda Qozog‘iston orqali tranzit bilan O‘zbekistonga sinov tariqasida neft yetkazib berish boshlangan. Xomashyo Omsk—Pavlodar—Chimkent neft quvuri orqali yetkazilmoqda, u yog‘iga temir yo‘l orqali tashiladi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют