» » Peru prezidenti Odebrecht tomonidan to‘lovlar masalasida so‘roqqa chaqirildi

Peru prezidenti Odebrecht tomonidan to‘lovlar masalasida so‘roqqa chaqirildi


Peru bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Pedro Pablo Kuchinskini Braziliyaning Odebrecht qurilish korporatsiyasi tomonidan to‘lovlar masalasida so‘roqqa chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

So‘roq 21-dekabr, payshanba kuni Peru prezidentining ishchi qarorgohida o‘tkazilishi bildirilmoqda. Kuchinski bilan prokuror Gamilton Kastro boshchiligidagi tergovchilar guruhi suhbat qiladi.

Oldinroq Odebrecht vakillari Peru parlamentiga mahalliy kompaniyalar bilan munosabatlari haqida hisobot jo‘natgandi.

Hujjatda, jumladan, 2004—2013-yillarda Braziyaliya korporatsiyasi amaldagi prezident bilan bog‘liq firmalarga “maslahatlashuv xizmatlari” uchun 4,8 million dollar to‘lab bergani ma’lum qilingan.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют