» » Toshkent islom instituti talabasi Qur’onni 58 kunda to‘liq yodladi (video)

Toshkent islom instituti talabasi Qur’onni 58 kunda to‘liq yodladi (video)


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining “Tahfizul Qur’on” kafedrasi talabasi Fathulloh Dadayev Qur’oni Karimni 58 kunda (salkam 2 oy) yodlay oldi, deb xabar berdi “Azon.uz”.

Ma’lum qilinishicha, Fathulloh qori 2-bosqichda “Tahfizul Qur’on” kafedrasiga o‘tgan. Qur’oni Karimni kafedra ustozi Zafar qori Mahmudov qo‘l ostida 2016—2017-o‘quv yilining avvalgi oylarida tamomlagan. Fathulloh qori Dadayev Qur’oni Karimni yodlashni bir betdan boshlagan bo‘lsa, so‘nggi porada o‘n yetti bet topshirgan.

Hozirgi vaqtda 3-bosqichda ta’lim olayotgan Fathulloh qori kafedra ustozi Ahmadxon qori Rashidovga Qur’on Karimni har kuni 3 pora yoddan o‘qib bermoqda.

“Alloh nasib qilsa shu o‘quv yilining oxirigacha bir martada to‘liq 30 porani yoddan o‘qib berishni niyat qilganman”, — deydi Fathulloh qori.

Qayd etish kerakki, Toshkent islom institutining “Tahfizul Qur’on” kafedrasi Qur’oni Karimni yodlashga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yagona oliy dargoh bo‘lib, ushbu kafedraga “Novza” masjidining imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov mudirlik qiladi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют