» » Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Mehriddin Abdullayev 2016-yil martidan beri Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma’muriy, o‘z-o‘zini boshqarish organlari va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida, hokimliklarning boshqaruv tuzilmalari yangilanganidan so‘ng — hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunicha qadar Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi rahbari sifatida ishlagan. Bungacha 2012—2015-yillarda moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют