» » Video: Twitter’da mashhurlikka erishgan yumaloq hayvonlar

Video: Twitter’da mashhurlikka erishgan yumaloq hayvonlar


Twitter’dagi Round animals akkaunti tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilayotgan ideal darajada yumaloq hayvonlarning suratlari va videolari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Sharsimon boshga ega kuchukning suyuq azot bilan to‘ldirilgan idish atrofida sakrashi akkaunt obunachilarini o‘ziga mahliyo etdi. “U shu qadar paxmoqki, xuddi multfilm personajiga o‘xshaydi”, — deydi obunachilar.

pic.twitter.com/ILDe0LYVwV

— Round animals (@round_boys) December 11, 2017

Yumaloq it ishtirokidagi roliklar — akkauntning eng mashhur postlaridan hisoblanadi. Ular muntazam ravishda 14 mingdan ortiq “layk” va 14 minglab repost to‘plab kelmoqda, akkaunt auditoriyasi esa 22 ming obunachidan oshib ketdi. “Bu butun boshli internetdagi eng yoqimli akkaunt”, — deya tan oldi Round animalsning kuzatuvchilari.

pic.twitter.com/BXCPigmqmb

— Round animals (@round_boys) December 14, 2017

Profil ma’muriyati sharsimon kuchukdan boshqa geometrik to‘g‘ri shaklga ega mushuklar, quyonlar va og‘maxonlarning foto va videolarini ham joylashtirib boradi.

pic.twitter.com/BUwIxoGwW0

— Round animals (@round_boys) December 6, 2017

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют