» » Ravshan Ermatov to‘rtinchi bor klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydigan bo‘ldi

Ravshan Ermatov to‘rtinchi bor klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydigan bo‘ldi


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Amirliklarda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

Bunda Ermatovga zaxira hakami maqomi beriladi. Braziliyaning “Gremio” hamda Ispaniyaning “Real” klublari o‘rtasidagi final bellashuvida bosh hakamlik vazifasini meksikalik Sezar Ramos bajaradi. O‘zbekistonlik laynsmen Jahongir Saidov esa videotakrorlar bo‘yicha uch assistentdan biri sifatida ishlaydi.

Ermatov faoliyati davomida to‘rtinchi bor klublar mundialining finalida ishtirok etishga erishmoqda. U 2008-yil “Manchester Yunayted” (Angliya) — “LDU Kito” (Ekvador) o‘yinida bosh hakam bo‘lgandi. 2009-yil esa “Estudiantes” (Argentina) — “Barselona” (Ispaniya) o‘yinida to‘rtinchi hakam bo‘ldi. 2011-yilga kelib FIFA unga “Santos” (Braziliya) — “Barselona” (Ispaniya) o‘yinlarini ishonib topshirdi. Va mana, 2017-yilga kelib o‘zbekistonlik referi yana bir bor zaxira hakami sifatida final o‘yinida paydo bo‘lmoqda.

“Real Madrid” va “Gremio” o‘rtasidagi final o‘yini 16-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi va UzReport telekanalida jonli namoyish etiladi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют