» » O‘zbekiston 2018-yilda gaz qazib olish va elektr energiya ishlab chiqarishni 17 foizga oshirmoqchi

O‘zbekiston 2018-yilda gaz qazib olish va elektr energiya ishlab chiqarishni 17 foizga oshirmoqchi


O‘zbekiston 2018-yilda gaz qazib olish va elektr energiya ishlab chiqarish hajmini 17 foizga oshirmoqchi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda Xalqaro press-klubning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Shu bilan birga, gaz va elektr energiyasi yetkazib berish sohalarida o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.

Ha, biz gazni eksport qilyapmiz. Biroq hukumat oldiga gazni dastlab o‘zimizning ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berish vazifasi yuklatilgan, toki mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, bu mahsulotlarni eksport qila olsin.

Biz O‘zbekistondagi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida, 2017—2018-yillarda ilk bor Qirg‘izistondan elektr energiya import qilmoqdamiz.

Mubin Mirzayev, O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari

Опубликовано: admin (15-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют