» » Rossiya Senati prezident saylovi kunini belgilab, saylovoldi tashviqotga start berdi

Rossiya Senati prezident saylovi kunini belgilab, saylovoldi tashviqotga start berdi


Rossiya Senati 15-dekabr kuni mamlakat prezidenti saylovi bo‘yicha saylovoldi tashviqot kampaniyasiga rasman start berdi, saylov 2018-yil 18-martga belgilandi. TJournal’ning xabar berishicha, Senat majlisi YouTube orqali jonli efirda namoyish etilgan, barcha 160 senator yakdil qaror qabul qilgan.

Rossiya prezidenti saylovi 2018-yil 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. TJournal’ning qayd etishicha, saylov aslida 11-mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq saylov kuni Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan sana bilan mos kelishi uchun 18-martga ko‘chirildi.

Hozirgacha amaldagi prezident Vladimir Putin, muxolifatchi Aleksey Navalniy, “Yabloko” partiyasi vakili Grigoriy Yavlinskiy, Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy va jurnalist Kseniya Sobchak prezidentlikka nomzodini qo‘yish istagini bildirgan.

Xabar berishlaricha, 15-dekabrdand boshlab ular Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirishi mumkin.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют