» » Rossiya tashqi ishlar vaziri: AQSh Afg‘onistondan “Kalashnikov”larni Amerika avtomatlariga almashtirishni talab qilmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri: AQSh Afg‘onistondan “Kalashnikov”larni Amerika avtomatlariga almashtirishni talab qilmoqda


Vashington Kobuldan Rossiya tomonidan beg‘araz taqdim etilgan 50 ming dona “Kalashnikov” avtomatlarini Amerika qurollariga almashtirishni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Amerikaliklar afg‘on xavfsizlik kuchlariga sovg‘a sifatida o‘q-dorilari bilan birga taqdim etilgan 50 ming dona ‘Kalashnikov’ avtomatlarini muomaladan chiqarib, ularning o‘rniga Afg‘oniston tomonidan AQSh miltiq va avtomatlari sotib olinishini talab qila boshladi”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

“Bu 50 mingta avtomatni endi qayerga yo‘qotish kerak, degan savoldan tashqari boshqa masala ham o‘rtaga chiqmoqda — afg‘onlar ko‘nikkan qurol-yarog‘dan ularni mahrum qilib, hali o‘rganishi kerak bo‘lgan qurolni ularga tiqishtirish istagi nima bilan izohlanadi?”, — dedi Lavrov.

Vazirning yodga solishicha, avvalroq AQSh tomoni Afg‘onistonni Rossiya vertolyotlaridan voz kechishga chaqirib, ularni Amerika vertolyotlari bilan almashtirishni talab qilgan edi.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya narkojinoyatchilik va terrorchilikka tahdidlariga qarshi kurash yo‘lida Afg‘oniston armiyasi va xavfsizlik kuchlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda faol yordam ko‘rsatmoqda. “AQSh bu tahdidlarni yo‘qqa chiqarishni uddalay olmaydi”, — dedi Lavrov.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют