» » Iroq go‘zali yahudiy dugonasi bilan tushgan surati tufayli oilasi bilan mamlakatdan qochib ketdi

Iroq go‘zali yahudiy dugonasi bilan tushgan surati tufayli oilasi bilan mamlakatdan qochib ketdi


Iroq go‘zali Sara Aydan mamlakatdan oilasini olib chiqib ketib, AQShda qo‘nim topishga majbur bo‘ldi. U Isroil go‘zali Adar Gandelsman bilan dugona ekanini tan olganidan so‘ng radikallar tahdidiga uchradi, deb xabar beradi TJournal.

Noyabr oyining o‘rtalarida ikki qiz “Olam go‘zali” tanlovida ishtirok etgandi. Ular Instagram’dagi sag‘ifalarida birga tushgan selfilarini joylagan va bu bilan o‘z xalqlarini birodarlikka chaqirgan edi.

Isroil bosh vazirining vakili suratni “mintaqada umid xabarnomasi” deb ta’riflagan edi. Ammo Iroqda suratga munosabat boshqacharoq bo‘ldi: Aydan va uning oila a’zolari nomiga tahdidlar yog‘ila boshladi.

Qiz suratga arab tilida izoh qo‘shib, Isroil hukumatini qo‘llab-quvvatlamayotganini, balki shunchaki do‘stlik va tinchlikka chaqirayotganini ta’kidladi. Ammo tahdidlar va salbiy izohlar soni kamaymadi. Ayrimlar uni Iroq go‘zali unvonidan judo etishga chaqirgan bo‘lsa, ba’zi birovlar o‘ldirish bilan tahdid qildi.

Shunga qaramay, ikki qiz ham janjalga sabab bo‘lgan fotosuratlarni sahifalaridan o‘chirib tashlamadi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют