» » Yana 3 nafar ayol Dastin Xoffmanni tegajoqlikda aybladi

Yana 3 nafar ayol Dastin Xoffmanni tegajoqlikda aybladi


Navbatdagi uch nafar ayol ularga nisbatan aktyor Dastin Xoffman tomonidan jinsiy tegajoqlik qilinganini ma’lum qildi. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 1980-yillarda yuz bergan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ayollardan biri o‘z ismining sir saqlanishini talab qilgan, qolganlari esa ismlarini oshkor qilgan.

Ayollardan biri Melissa Kester aktyor unga nisbatan filmga ovoz yozish jarayonida tegajoqlik qilganini aytgan. Ikkinchi ayol Kori Tomasning so‘zlariga ko‘ra, aktyor uning oldida yalang‘och holda paydo bo‘lib, undan oyog‘ini massaj qilishini so‘ragan. O‘sha vaqtda ayol 16 yoshda bo‘lgan.

Xoffmanning advokati Mark Noybauer bu ma’lumotlarni yolg‘on deb atagan. Shu bilan birga, aktyorni jinsiy tegajoqlikda ayblagan ayollar soni olti nafarga yetgan.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют