» » Butun dunyo qalbidan o‘rin egallagan Eron, Turkiya va Belgiya gilamlarini Heritage — “Mir kovrov” do‘konidan xarid qiling

Butun dunyo qalbidan o‘rin egallagan Eron, Turkiya va Belgiya gilamlarini Heritage — “Mir kovrov” do‘konidan xarid qiling


Eron, Turkiya va Belgiyadan keltirilgan sifatli gilamlar savdosi bilan shug‘ullanadigan, Toshkent shahridagi Heritage — “Mir kovrov” do‘koni o‘zining gilamlari haqida qiziqarli tarixiy ma’lumotlar va nima uchun bunday gilamlar butun dunyoda katta hurmatga sazovorligi haqida quyida hikoya qiladi.  

Gilamchilik san’ati tarixi bizning eramizgacha shakllangan bo‘lib, u bugungi kunda eng qadimiy kasblardan biri hisoblanadi. Ayrim manbalar ma’lumotiga ko‘ra, gilam to‘qish bundan 3—4 ming yillar avval ham amalga oshirilgan. Shundan beri, ushbu san’at rivojlanib, bugungi kunda ham taraqqiy etmoqda. Masalan, bizda sotiladigan Eron va Turkiya gilamlari eng qadimiy tarixga ega bo‘lsa, Belgiya gilamlari esa zamonaviy texnologiyalarning jahondagi yirik namoyondasi hisoblanadi.

Eronda gilam to‘qish san’ati juda qadim tarixga borib taqaladi. Bu mamlakatda gilamlar 100 yil avval qanday to‘qilgan bo‘lsa, hozir ham shunday amalga oshiriladi. Shu sabab, ular eng mukammal darajada va dunyoda tengi yo‘q, deb qabul qilinadi. Eron gilamlari o‘zida butun fazoni akslantiradi. Bunday gilamlar bilan bezatilgan uyda esa o‘zingizni butun olam bag‘rida yashayotganingizni yaqqol his etasiz.

Turkiyaliklar ham gilam to‘qish tarixida o‘zlarini yetakchi hisoblashadi. Bu tasdiqlanmagan fikr bo‘lsa-da, turk gilamlarining chiroyi, o‘ziga jalb qilishi va mustahkamligi — rad etib bo‘lmaydigan fakt. Ushbu mamlakat gilamlari maxsus belgilari, o‘xshashi yo‘q naqshlari va ularning simmetrik joylashuvi bilan butun dunyo ahlining qiziqshiga sabab bo‘ladi.

Yevropada gilamchilik san’ati rivojlanishi XVII asrlarga borib taqaladi. XIX asrlarda esa gilam to‘qishda mashinalar yordamidan ham foydalanila boshlangan. Bugungi kunning zamonaviy gilamlari sifatida esa bizda sotilayotgan Belgiya mahsulotlarini keltirish mumkin. Albatta, qo‘lda to‘qilgan gilam va mashinada to‘qilganini taqqoslash to‘g‘ri emas. Har ikkisning ham o‘z muxlislari bor. Belgiya gilamlari esa ularning har ikkala toifasi uchun birdek qiziq bo‘ladi.

Gilamlar o‘zida insoniyatni o‘rab turgan butun borliqni namoyon etadi, ming yillik tarixni akslantiradi va uy interyerining ajralmas qismiga aylanib, mehmonlaringiz ko‘z oldida xonadoningizga nafaqat hashamdor ko‘rinish beradi, balki iliqlik ham ulashadi.

Heritage — “Mir kovrov” do‘koni Eron, Turkiya va Belgiyaning sifatli gilamlari bilan uyingizga iliqlik olib kirayotganidan har doim shod. Shuning uchun sizga har doim qulaylik yaratishdan charchamaymiz:

Toshkentning qayeridan sifatli va ma’qul narxlarda gilam xarid qilish savoli sizni qiynayotgan bo‘lsa, hech ikkilanmay bizning do‘konimizga tashrif buyuring. Barcha savollaringiz oson hal bo‘ladi:

Ko‘proq rasmlarni mirkovrov.uz saytimizda yoki Facebook va Instagram sahifalarimizda ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, har kunlik yangiliklarimiz, chegirma va aksiyalarimiz ham saytimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga chiqarib boriladi.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (16-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют