» » Kanadada milliarder Barri Sherman va uning xotini uylaridan o‘lik holda topildi

Kanadada milliarder Barri Sherman va uning xotini uylaridan o‘lik holda topildi


Apotex farmatsevtika kompaniyasi asoschisi, milliarder Barri Sherman va uning turmush o‘rtog‘i Xani Torontodagi uylarida o‘lik holda topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Globe and Mail nashriga ko‘ra, Shermanlarning jasadi 15-dekabr, juma kuni hashamatli uylari yerto‘lasidan topildi. Politsiya er-xotinning o‘limi “shubhali” ekanligini bildirmoqda.

Gazeta Barri Sherman qator sud jarayonlari ishtirokchisi bo‘lganini eslatdi. Shuningdek, unga nisbatan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo partiyasi uchun mablag‘ to‘plashni tashkillagani yuzasidan tekshiruv olib borilayotgandi.

Shermanlarning to‘rt nafar bolasi qoldi.

Ma’lumot uchun, Barri Sherman Canadian Business jurnali tomonidan tuzilgan Kanadaning eng badavlat kishilari ro‘yxatida 15-o‘rinda qayd etilgandi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют