» » Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


Moskvadagi Zamoskvorets sudi Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevni 8 yil qamoq jazosiga hukm qildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi, deya xabar beradi “RBK”.

Ulyukayev olingan pora miqdorida — 130,4 million rubl jarimaga tortildi. Shuningdek, ozod etilganidan so‘ng 8 yil davomida davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan mahrum etildi. Sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng Ulyukayevning qo‘liga kishan solindi.

Sudya Larisa Semyonova ayblov sobiq vazir “Rosneft” rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olganini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi, deb hisobladi. Prokuror suddan Ulyukayevga 10 yil qamoq jazosi berish va maksimal miqdorda — 500 million rubl jarimaga tortishni so‘ragandi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют