» » Qozog‘istonda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda

Qozog‘istonda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda


Qozog‘iston 16-dekabr, shanba kuni mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayramini nishonlamoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Qozog‘istonda Mustaqillik kuni — yagona milliy bayram hisoblanadi. Bayram 16—17-dekabr kunlari nishonlanadi. Joriy yilda ushbu kunlar shanba va yakshanbaga to‘g‘ri kelib qolganligi sabab, dam olish kunlari 18—19-dekabrga ko‘chirildi. Shunday qilib, qozog‘istonliklar to‘rt kun ketma-ket dam oladi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991-yilning 16-dekabrida “Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga imzo chekkan edi.

Mamlakat prezidenti bayram arafasida bir guruh qozog‘istonliklarga davlat mukofotlarini topshirdi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 12:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют