» » Peru parlamenti prezident Kuchinskini lavozimidan chetlatish jarayonini boshlash haqidagi tashabbusni ma’qulladi

Peru parlamenti prezident Kuchinskini lavozimidan chetlatish jarayonini boshlash haqidagi tashabbusni ma’qulladi


Peru parlamenti mamlakat prezidenti Pedro Pablo Kuchinskini lavozimidan chetlatish haqidagi rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqish uchun qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Davlat rahbari impichmenti jarayonini boshlash uchun yig‘ilishda ishtirok etgan 111 deputatdan 93 nafari ovoz berdi, 17 kishi qarshi chiqdi.

Kuchinskining iste’fosi bo‘yicha hal qiluvchi ovoz berish 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Peru prezidentini lavozimidan chetlatish uchun 130 deputatdan 87 nafari buni qo‘llab-quvvatlashi kifoya.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Peru prezidenti unga qarashli firmalar 2004—2013-yillarda Braziliyaning Odebrecht korporatsiyadan 4,8 million dollar olgani munosabati bilan so‘roqqa chaqirilgani ma’lum qilingandi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют