» » OAV: AQSh Boeing va Airbus’ning Eronga samolyot sotish rejasini barbod qilishi mumkin

OAV: AQSh Boeing va Airbus’ning Eronga samolyot sotish rejasini barbod qilishi mumkin


Amerika prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Boeing va Airbus kompaniyalarining Eron aviakompaniyalariga yuzlab samolyotlarni sotish bo‘yicha rejalarini buzishi mumkin bo‘lgan strategiyani ilgari surmoqda. Bu haqda Wall Street Journal’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Eron aviatarmoqlari yangi yoki eski fuqarolik samolyotlari orqali Suriyaga harbiylarni yoki qurol-yarog‘larni jo‘natishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Trampga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan variantlar orasida, samolyotlarni yetkazib berish va sotishga to‘sqinlik qiluvchi qat’iy choralar mavjud.

Nashrning xabar berishicha, Fransiyada joylashgan Airbus konserni o‘z samolyotlarini ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan qismlarning aksariyatini AQShdan oladi, shu sababli Eronga samolyot yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin.

O‘tgan yili Eronning Iran Air aviakompaniyasi Amerikaning Boeing kompaniyasi bilan 80 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Rejalarga ko‘ra Iran Air 50 ta Boeing 737 va 30 ta Boeing 777 samolyotlarini yaqin 10 yil ichida olishi kerak bo‘lgan. Boeing va Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi joriy yilning iyun oyida Tehronga 60 ta Boeing 737 MAX samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha ham o‘zaro shartnoma imzolagan edi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют