» » Yulduz Usmonova 2018-yil martida ketma-ket 15 kun konsert beradi

Yulduz Usmonova 2018-yil martida ketma-ket 15 kun konsert beradi


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2018-yilda 15 kunlik konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 2018-yil 10—24-mart kunlari “Sen va men uchun” deb nomlangan konsert datsturini taqdim etadi. Qo‘shiqlar har doimgidek 100 foiz jonli ijroda kuylanadi.

Konsertga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan, 15 ga yaqin qo‘shiq ham tayyor. Yaqin bir hafta ichida “Istiqlol” san’at saroyida tayyorgarlikni boshlaymiz.

Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2017-yilning 9—23-aprel kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Ey, aziz inson” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan edi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют