» » Qoraqalpog‘iston shaharchasi rahbariga Prezident sovg‘asi — Nexia avtomobili topshirildi

Qoraqalpog‘iston shaharchasi rahbariga Prezident sovg‘asi — Nexia avtomobili topshirildi


Nukus shahrida 15-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Uchrashuvda Prezident asosiy diqqat-e’tibor, sa’y-harakatlar hududlar va tarmoqlarni izchil rivojlantirish, aholining hayotiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ta’kidlagan edi.

“Uchrashuvda Prezidentimiz mahalla hududini obodonlashtirish, aholining turmush farovonligini ta’minlashdagi samarali mehnatlari uchun Qo‘ng‘irot tumanidagi eng olis hudud – ‘Qoraqalpog‘iston’ posyolka fuqarolar yig‘inini xizmat mashinasi bilan ta’minlash borasida topshiriq bergan edi”, — deyiladi agentlik xabarida.

16-dekabr kuni “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi Tajiboy Ramonov Prezident sovg‘asi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia avtomashinasining kalitini posyolka fuqarolar yig‘ini raisi Qutli Qo‘shimbetovaga topshirdi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют