» » Davavianazorat “Toshkent — Kiyev” aviareysi qayta tiklanishi haqidagi xabarlarni “vaqtidan ilgari” deb atadi

Davavianazorat “Toshkent — Kiyev” aviareysi qayta tiklanishi haqidagi xabarlarni “vaqtidan ilgari” deb atadi


O‘zbekiston parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent va Kiyev o‘rtasida aviareyslar qayta tiklanishi haqida OAVda paydo bo‘lgan axborotni “vaqtidan ilgari” deb atadi.

12-dekabrda Davavianazoratda O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida havo qatnovi sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining delegatsiyalari o‘rtasida tomonlarning tayinlangan aviakorhonalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar o‘rtasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar hamon mavjud. Mazkur masalalar hal etilishi bilan, tomonlar Toshkent va Kiyev o‘rtasida parvozlar amalga oshirilishi bo‘yicha muzokaralar olib boradi, deyiladi Davavianazorat axborotida.

Inspeksiyadan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda aviaqatnovlar amalga oshirilishining aniq muddatlari tasdiqlanmagan.

“Gazeta.uz”ning yodga solishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Toshkent — Kiyev — Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni 2015-yil mayida to‘xtatgan, o‘sha yilning sentabrida Ukraina poytaxtidagi ofisini yopgan.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют