» » Rossiyalik senator O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarishni taklif qildi

Rossiyalik senator O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarishni taklif qildi


Rossiya kompaniyalarining O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar ochishi maqsadga muvofiqdir. Bu haqda, Spot axborotiga ko‘ra, rossiyalik senator Vladimir Jabborov fikr bildirgan.

“Yaxshi ma’lumki, O‘zbekistonda, xuddi Qirg‘iziston, Tojikiston va MDHning boshqa davlatlarida bo‘lgani kabi, ishchi kuchi ko‘p. Shu sababli ham, qo‘shma korxonalarning bir qismini ushbu mamlakatlarda ishga tushirish maqsadga muvofiqdir”, — dedi Jabborov.

Senator O‘zbekistonda Nexia avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavodni misol tariqasida ko‘rsatdi.

Jabborovning qayd etishicha, Rossiya ham Janubiy Koreyadan o‘rnak olib, O‘zbekistonda “Lada” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin, bu esa mahsulot tannarxini sezilarli pasaytiradi.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют