» » “Real” klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ketma-ket uch marta zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi

“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ketma-ket uch marta zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi


Amirliklarda bo‘lib o‘tgan futbol klublari o‘rtasidagi Jahon Chempionati o‘z yakuniga yetdi va unda Madridning “Real” klubi zafar quchdi.

Yevropa Chempionlar Ligasining g‘olibi sifatida Abu-Dabiga yetib kelgan “Qirollik klubi” final o‘yinida Libertadores Kubogi g‘olibi bo‘lgan Braziliyaning “Gremio” jamoasini sinovdan o‘tkazdi va Krishtianu Ronalduning yagona goli evaziga raqibini mag‘lub etdi. Shu kuni “Real” raqibidan har jabhada ustunlik qilib, “Gremio” futbolchilariga birorta ham aniq zarba berish imkoniyatini qoldirmadi.

“Real”ga qadar Jahon Chempionatida ketma-ket ikki bor zafar quchish hech kimga nasib qilmagandi. Bu Madrid yetakchisi uchun umumiy hisobda uchinchi sovrin bo‘ldi. 2014-yil “Real” Argentinaning “San-Lorneso” klubini yengib, chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2016-yil finalda Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubidan ustunlik qilgandi.

Shu tariqa madridliklar chempionlik borasida azaliy raqibi hisoblangan “Barselona”ga yetib oldi. Kataloniyalik futbolchilar 2009, 2011 va 2015-yilgi mavsumlarda klublar mundialida bosh sovringa ega chiqqandi.

Jahon Chempionati

Final

16-dekabr, shanba

Gol: Krishtianu Ronaldu, 53 (1:0).

Опубликовано: admin (17-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют