» » Yevropaning eng keksa ayoli Ispaniyada 116 yoshida vafot etdi

Yevropaning eng keksa ayoli Ispaniyada 116 yoshida vafot etdi


Yevropaning eng keksa ayoli Ana Vela 116 yoshini qarshilagandan bir yarim oy o‘tib Barselonadagi qariyalar uyida vafot etdi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

“U to‘shagida, uyquda ekanligida, qiynalmasdan vafot etdi”, — ma’lum qildi qariyalar uyi nashrga.

Kasbi tikuvchi bo‘lgan Ana Vela 1901-yilning oktabrida Andalusiyaning Puente-Xenil munitsipalitetida dunyoga kelgan. U butun hayoti davomida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelmagan. Oxirgi yillarda u Ispaniyaning uzoq yashash ramziga aylangan edi. Uning qizlaridan biri 90 yosh, nabirasi esa 65 yoshga kirgan.

Aprel oyida Italiyada 117 yoshli Emma Morano vafot etgandan so‘ng Ana Vela Yevropaning eng keksa fuqarosini nomini olgan edi.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют