» » Toshkentda “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida 461 ta jinoyat fosh etildi

Toshkentda “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida 461 ta jinoyat fosh etildi


Poytaxt hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan joriy yilning 20-noyabr kunidan bugungi kunga qadar “Tozalash-Antiterror” kompleks tadbiri amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

Jumladan, joriy yilning 20-noyabr kunidan 14-dekabr kuniga qadar Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida quyida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan:

- Jami ochilgan jinoyatlar 461 tani tashkil etib, shundan 382 ta jinoyatr issiq izidan fosh etilgan;

- Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 140 nafar shaxslar, shuningdek boshqa viloyatlar IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan 12 nafar shaxslar ushlandi;

- Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi jami 191 nafar ayollarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 190-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 180 nafar ayollar boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlangan;

- Respublikaning Qashqadaryo, Navoiy, Andijon, Toshkent viloyatlari IIB Jazoni ijro etish bo‘limlari hisobida turgan jami 11 nafar mahkumlar hozirgi vaqtda o‘z manzillarida yashamasdan, Toshkent shahrida yurganliklari aniqlanib, Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya markaziga olib borilgan;

- 22 756 nafar shaxslarga nisbatan pasport-viza tartibotini buzganliklari uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 159 nafari muqaddam sudlanganlar hisoblanadi;

- “Nazorat” tadbiri davomida 250 nafar ma’muriy nazorat ta’siriga tushuvchi shaxsga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi;

- shuningdek, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishi borasida 1264 ta korxona va tashkilotlar, 25 760 ta aholi turar shaxsiy xonadonlari, 1964 ta ko‘p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar yong‘in-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, natijada 930 ta holatlarda mazkur qoidalarga rioya qilinmaganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan;

- 116 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar aniqlanib, ularning barchasi majburiy davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan;

- 157 nafar tajovuzkor ruhiy kasal shaxslar majburiy tibbiy davolanishga yotqazilgan;

- 31 nafar Axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan mahkumlar jazo o‘tashdan bo‘yin tovlaganliklari sababli tuman sudlariga taqdimnomalar kiritilib, ularning barchasi tuman sudi ajrimiga asosan Jazoni ijro etish muaasasasiga yuborildi.

- 25 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish holati aniqlandi.

- 2 ta holatda qurol va o‘q-dorilarni qonunga xilof ravishda egalik qilish aniqlandi.

Hozirda bu boradagi ishlar faol davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют